Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
PASTDARG‘OM TUMANIDA 10 MILLION DOLLARLIK INVESTITSIYA LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

PASTDARG‘OM TUMANIDA 10 MILLION DOLLARLIK INVESTITSIYA LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

🇺🇿🇹🇷Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Jamshid Pardayev tumanimizga yirik ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish maqsadida tashrif buyurgan investor, Turkiya Respublikasi fuqarosi Amanzade Habib bilan uchrashib, tumanda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

✍️Uchrashuvda turkiyalik investor tomonidan Pastdarg‘om tumani 1-saylov okrugi hududida dastlab umumiy qiymati 10 million dollar bo‘lgan parfyumeriya va shokolad mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish taklifi bildirildi.

🔎Loyihani Pastdarg‘omda amalga oshirish natijasida zamonaviy parfyumeriya ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy xomashyo va komponentlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, kelgusida mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.

👨‍💼Tomonlar loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer maydoni, infratuzilma, ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish va investitsiya loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

🇺🇿Pastdarg‘om tumani hokimligi xorijiy investorlar uchun zarur tashkiliy va huquqiy sharoitlarni yaratish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Slide 1 of 2