Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Huquqiy savodxonlik masalasi deputatlik nazoratiga olindi

 Huquqiy savodxonlik masalasi deputatlik nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi 134-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati va tahliliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan doimiy komissiya tomonidan Pastdarg‘om tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Z. Safarovga 2026-yil 5-oktabrdagi 78-kx-487-26-sonli rasmiy xat yuborildi.

Rasmiy xatda tumandagi davlat tashkilotlari va ularning hududiy bo‘linmalarida:
💎 xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
💎 huquqiy o‘quvlar, seminar va targ‘ibot tadbirlarining tashkil etilishi;
💎 o‘quvlarning davriyligi, qamrovi va ishtirokchilar soni;
💎 xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar;
💎 huquqiy targ‘ibot tadbirlarining natijadorligi va mavjud muammolar;
💎 qaror ijrosi doirasida tuman adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar
yuzasidan batafsil va asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
📌 Shuningdek, amalga oshirilgan tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar, ma’lumotnomalar, bayonnomalar va statistik ko‘rsatkichlarni taqdim etish belgilangan.
🗓 Mazkur ma’lumotlarni 2026-yil 15-oktabrga qadar Kengashning tegishli doimiy komissiyasiga taqdim etish so‘raldi.

✅ Maqsad — davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilik talablariga rioya etilishini kuchaytirish va qaror ijrosining tumandagi amaliy holatini tahlil qilish.