Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi doimiy komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S. Jumayev ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot berdi.

Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

1. 2026-yilda Termiz tumanida alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun undiriladigan yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida.

Mazkur masala yuzasidan S. Jumayev tomonidan tuman hududida alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solish, belgilangan yig‘im stavkalarini qayta ko‘rib chiqish hamda mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar haqida hisoboti berildi.

2. Tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va muassasalarining budjet parametrlarida ajratilgan mablag‘lar doirasida xarajatlarning maqbullashtirilgan qismini ish haqi hamda yagona ijtimoiy soliq bo‘yicha yetishmayotgan mablag‘larga yo‘naltirish to‘g‘risida.

Ikkinchi masala yuzasidan ham S. Jumayev tomonidan budjet tashkilotlarining mavjud moliyaviy imkoniyatlari, xarajatlarni maqbullashtirish natijasida shakllangan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ish haqi va yagona ijtimoiy soliq bo‘yicha yuzaga kelayotgan ehtiyojlarni qoplash masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Muhokama davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan masalalar yuzasidan savollar berilib, tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan fikrlar asosida tegishli hujjatlar o‘rganilib, masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli xulosalar shakllantirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Slide 1 of 3