Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
Viloyat Kengashi deputati ishtirokida yoshlar tarbiyasi va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

📌 Viloyat Kengashi deputati ishtirokida yoshlar tarbiyasi va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

✅ Jomboy tumanidagi 56-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida yoshlar tarbiyasi, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida uchrayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nodira Baratova, tuman hokimi o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev, ta’lim sohasi mutasaddilari, nuroniylar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etdi.

🌀 Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish, bolalarning nazoratsiz qolishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

💬 Shuningdek, o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi, darslarga muntazam qatnashuvi, ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va ota-onalar mas’uliyatini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

‼️ Tadbirda farzand tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik, yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash hamda ularni Vatanga sadoqat va daxldorlik ruhida voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

Slide 1 of 6