Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi O. Mamatkarimov, viloyat Kengashi Kotibiyati mudiri T. Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, shahar Kengashi Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov ishtirokida Namangan shahridagi 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, guruh xonalarining holati va bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasi, zarur jihozlar va o‘quv-tarbiyaviy materiallar bilan ta’minlanganligi, bolalarning ovqatlanishi va dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilarning maktab ta’limiga tayyorgarligini ta’minlash, yoshiga mos bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutqi va tafakkurini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga qaratilgan mashg‘ulotlar mazmuniga ham e’tibor qaratildi.

Mas’ullar tomonidan muassasaning joriy faoliyati, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha fikr almashilib, ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlarni o‘rganish va ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Jumladan, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-595-son, 2019-yil 16-dekabr) talablaridan kelib chiqib, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi, ularning har tomonlama rivojlanishi hamda xavfsiz sharoitlarda ta’lim-tarbiya bilan qamrab olinishiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida maktabgacha ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 8