Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — E’TIBOR VA NAZORAT MARKAZIDA

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — E’TIBOR VA NAZORAT MARKAZIDA

16-Navoi saylov okrugi deputati U. Mahkamov tomonidan hududdagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalofat va samarali o‘tkazishga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, maktab binolarining texnik holati, isitish tizimlarining sozligi, sinfxonalar va boshqa o‘quv xonalarining mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabning tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlanganligi, isitish moslamalarining ishchi holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari, deraza va eshiklarning qish mavsumiga tayyorligi, tom qismi, ichki va tashqi kommunikatsiya tizimlarining holati ham ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, kuz-qish mavsumida uzluksiz ta’lim jarayonini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda maktabni kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holatga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputat tomonidan mavsum davomida ta’lim muassasasining holatini nazorat qilib borish, o‘quvchilar va pedagoglar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

26-sonli maktabning kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, ta’lim jarayonining barqaror davom etishi va o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish borasidagi ishlar nazoratga olindi.
 

Slide 1 of 1