Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining 8-Varq saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputati To‘g‘ayev Zokir Tilavovich ish rejasiga muvofiq “Yangi Varq” mahallasida bo‘lib, fuqaro Ahmedova Charos tomonidan yo‘lga qo‘yilgan qandolatchilik faoliyati bilan tanishdi.
Fuqaro Ahmedova Charos 100 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit asosida qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu loyiha orqali 3 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda mahalla hokim yordamchisi tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani tashabbusni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur faoliyat oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va mahallada yangi daromad manbalarini yaratishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni oilaviy tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.
Deputat tomonidan tadbirkorlik faoliyati o‘rganilib, ishlab chiqarish yo‘nalishi va yaratilgan ish o‘rinlari bilan tanishildi.
📌 Har bir tadbirkorlik tashabbusi — yangi imkoniyat va farovonlik sari qadam!

Slide 1 of 4