Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
OLTIN VODIY MFYDA GAZ TARMOQLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati Sh. Xudoyqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri O. Usmonov tomonidan Oltin Vodiy mahalla fuqarolar yig‘inida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholini kuz-qish mavsumida sifatli va uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish hamda avariya xavfi mavjud bo‘lgan hududlardagi tarmoqlarni ta’mirlash jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan gaz ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va gaz quvurlarining texnik holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash, gaz tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3