Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #13_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Navro‘z” mahallasida bolalar maydonchasi holati o‘rganildi

Aholiga qulay va obod muhit yaratish, hududlardagi mavjud maydonlarning tozaligi hamda saqlanish holatini yaxshilash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Mazkur vazifalar doirasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Navro‘z” mahallasida bo‘lib, hududdagi bolalar maydonining holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida maydonning tozaligi, obodonlashtirilganlik darajasi, sanitariya holati hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maydon hududida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, uni tartibli va foydalanish uchun qulay holatda saqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 13-bandi — hududdagi maydonlar tozaligi va obodonlashtirilganlik holatini o‘rganish yo‘nalishi asosida tashkil etildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, maydonni obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash hamda bolalar uchun yanada qulay sharoit yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari belgilab olindi.

Deputatlik nazorati — hududlardagi mavjud sharoitlarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish va aniqlangan muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan.

Slide 1 of 2