Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati M. Xudayberganova tomonidan o‘quvchilar ishtirokida “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-989-son, 2024-yil 5-noyabr) ijrosi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

 Tadbir davomida qonunning mazmun-mohiyati, yoshlarning psixologik salomatligini asrash, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, turli hayotiy va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish hamda zarur hollarda mutaxassisga murojaat qilishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

 Shuningdek, psixologik yordam ko‘rsatishda inson huquq va erkinliklariga rioya qilish, ixtiyoriylik, kasbiy mahorat va axborotning maxfiyligi kabi muhim tamoyillarga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning psixologik savodxonligini oshirish, muammolarni o‘z vaqtida anglash va zarur yordamdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4