Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#munosabat

🔰#munosabat

🏦O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik doirasida iqtisodiy, sanoat, energetika va hududlararo hamkorlikning izchil rivojlanib borayotgani muhim ahamiyatga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvida o‘zaro savdoni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni jadallashtirish hamda hududlar va biznes vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani buning amaliy ifodasidir.

🏦Bunday muloqotlar yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish va bandlikni oshirish, hududlar iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Hamkorlikning aniq loyihalar va natijalarga yo‘naltirilishi, avvalo, xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi muhim.

Shahboz Teshayev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt