Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
Galatoy mahallasida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish 20-Terak tagi saylov okrugi deputati R.Madaminov va kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan Galatoy mahallasida olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga ijtimoiy xodim tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tashkil etilishi, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini aniqlash va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish jarayonlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni belgilangan tartibda tayinlash hamda to‘lash holati o‘rganildi. Mazkur jarayonlarda aholining ehtiyojlarini to‘g‘ri aniqlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va fuqarolarga tegishli ijtimoiy xizmatlarni manzilli yetkazish masalalari tahlil qilindi.

Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4