Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

📍 Deputatlik nazorati doirasida 182-sonli DMTTda o‘rganish

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida hamda 11-«Umid» saylov okrugi deputati Kamola Muxitdinova ishtirokida tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hududlarning obodonlashtirilishi va xavfsizlik masalalari o‘rganildi.

💡O‘rganish davomida 182-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishilib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, muassasa hududidagi yashil maydonlar, bolalarning ochiq havoda mazmunli va xavfsiz hordiq chiqarishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda basseynning holati ko‘zdan kechirildi.

🌱 Bolalar salomatligini mustahkamlash, ularning ochiq havoda bo‘lishi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududlarini ko‘kalamzorlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud masalalarni bartaraf etish va shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

👉 Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholi, ayniqsa, bolalar manfaatlarini ta’minlash hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni joyida o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 7