O‘rganish davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, yo‘lning xavfsizlik darajasini oshirish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.
Aholi xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish Kengash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.