Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar deputati J.Arslonov hamda Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar deputati J.Arslonov hamda Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

🇺🇿 Mazkur jarayon 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholining muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputat va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Madadkor” MFYda amalga oshirildi.

➡️ O‘rganish davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan bolalar maydonchasining holati va olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish muhitini yaratish, maydonchaning belgilangan talablarga muvofiq tashkil etilishi, o‘rnatilayotgan jihozlarning sifati va foydalanishga yaroqliligi, hududning obodonlashtirilishi hamda ishlarning bajarilish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni sifatli va belgilangan talablar asosida yakunlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hududni obodonlashtirish hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ul shaxslarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✔️ Tadbir yakunida bolalar maydonchasida olib borilayotgan ishlarning belgilangan muddat va sifat mezonlari asosida bajarilishi, yaratilayotgan sharoitlardan mahalla aholisi, xususan, bolalar samarali foydalanishini ta’minlash hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni doimiy nazorat ostida saqlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4