#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #19_1_Modda_ijrosi
YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDA DEPUTATLIK NAZORATI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Ijtimoiy sohalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida Yoshlar ishlari agentligi Uchtepa tumani bo‘limining faoliyati yuzasidan hisoboti dastlabki tarzda eshitildi.
📇 Eshituv davomida tumanda yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, yoshlarning tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
📈 Shuningdek, hisobotda belgilangan vazifalarning ijrosi, mavjud muammolar hamda yoshlar siyosatini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
📁 Doimiy komissiya tomonidan hisobot yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildirilib, muhokamalar yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
🤝 Yoshlar bilan ishlashda tizimlilik, manzillilik va natijadorlikni ta’minlash — doimiy komissiyaning e’tibor markazidagi muhim yo‘nalishlardan biridir.