Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“Do’stlik” mahallasida drayver loyihalar dasturi asosida gastronomik va turizm ko‘chasini tashkil etish ishlari davom etmoqda

“Do’stlik” mahallasida drayver loyihalar dasturi asosida gastronomik va turizm ko‘chasini tashkil etish ishlari davom etmoqda
Baxmal tumanining “Do’stlik” mahallasidan o‘tuvchi “Mustaqillik” ko‘chasining gastronomik, turizmga ixtisoslashtirish doirasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov o’rganish ishlari olib bordi.
O’rganish asosida ko‘cha infratuzilmasini zamonaviylashtirish bilan bir qatorda, piyodalar va velosipedchilar uchun qulay yo‘laklar barpo etilib, hudud ko‘kalamzorlashtirilmoqda. Yo‘laklar bo‘ylab manzarali yashil to‘siqlar, dekorativ konstruksiyalar o‘rnatilib, hududga o‘ziga xos va zamonaviy qiyofa berilmoqda.
Bu kabi bunyodkorlik ishlari Do’stlik mahallasining qiyofasini yangilash, hududning turistik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4