Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Sport inshootlari holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari 3-“Yoshlik” okrugi deputati S.Samatov va 22-“Taraqqiyot” okrugi
deputati O‘zXDP a’zosi J.Kamolxodjayev tomonidan Bekobod shahar 5-sonli umumta’lim maktabida sport inshootlari holati, ularning sport anjomlari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi. O‘rganishda maktab direktori G‘.Toshpo‘latov ishtirok etdi. Mazkur maktabda joriy yilning yoz mavsumida kapital ta’mirlash ishlari olib borilgan bo‘lib, jumladan sport zalia ham ta’mirlash ishlari bajarilgan. Sport zalining pol qismi yangilanib, ustiga beton qoplamasi yotqizilgan. Biroq, beton qoplamasi ustidan yopiladigan maxsus rezina qoplamasi to‘shalmagan. Zal ichidagi yoritish chiroqlari va deraza oynalari himoya panjaralari bilan to‘silmagan. Bugungi kunda sport zali o‘quvchilarning mashg‘ulotlar o‘tkazishiga tayyor emas. Yuqoridagilarni inobatga olib qurilish va ta’mirlash ishlariga mas’ul bo‘lgan shahar hokimligiga deputatlik so‘rovi bilan chiqilishi belgilandi.
  

Slide 1 of 3