Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Zamonaviy sport infratuzilmasi — yangi chempionlar uchun imkoniyat


🏆 Zamonaviy sport infratuzilmasi — yangi chempionlar uchun imkoniyat

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

“Sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis va deputat sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonda sport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash va sportchilar tayyorgarligini yangi bosqichga olib chiqishga qaratayotgan e’tiborini alohida ta’kidlamoqchiman.

Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan “Turon” stadionida futbol bilan bir qatorda yengil atletika, boks va taekvondo kabi sport turlari bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar yoshlar uchun keng imkoniyatlar ochadi.

Menimcha, zamonaviy sport inshootlari — bu shunchaki mashg‘ulot o‘tkaziladigan maskan emas. Ular yosh iste’dodlarni aniqlash, ularni muntazam mashg‘ulotlarga jalb etish va yuqori natijalarga tayyorlash uchun muhim baza hisoblanadi.

Ayniqsa, yosh sportchilarni erta aniqlash va ularning qobiliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishda murabbiylarning mas’uliyati katta. Yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, mahallalarda sportga qiziqayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun zarur sharoitlarni kengaytirish muhim.

Bugungi imkoniyatlardan maqsadli foydalanish orqali Qoraqalpog‘istonning o‘zidan ham yangi chempionlar, xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘taradigan iqtidorli sportchilar yetishib chiqishiga zamin yaratiladi.”

— Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat.