Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
#Kengash_raisi_deputat_sifatida #Saylovchilar_murojaati_e'tiborda

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi va deputatining aholi hamda saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi “Xayrondara” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, aholining asosiy daromad manbai bo‘lgan tomarqa yer maydonlarini va ekinzorlarni uzluksiz sug‘orish va suv ta'minotini yaxshilash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Xususan, hududdan o‘tuvchi “Oybarak” suv tarmog‘i (ariq) bo‘ylab ko‘zdan kechirish ishlari olib borildi. Murojaatda ta'kidlanganidek, suv yo‘qotilishining oldini olish hamda oqim samaradorligini oshirish maqsadida ariq o‘zanini tozalash, qazish hamda muammoli qismlarini betonlash ehtiyoji mavjudligi joyida tahlil qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:

“Oybarak” suv daryosi arig‘ini qazish, tozalash hamda betonlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Ushbu masalani qisqa muddatlarda va sifatli hal etish yuzasidan tegishli mas'ul korxona hamda tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborilishi bo‘yicha kelishib olindi.

Aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yechim topish ishlari tuman bo‘ylab davom etmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4