Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Namangan shahrida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi

Namangan shahrida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi a’zolari bilan birgalikda Namangan shahar Yoshlar shtabi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida shaharda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlarning muammo va ehtiyojlarini manzilli o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat dasturlari doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Yoshlar shtabi tomonidan mahallalar kesimida yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar, "mahallabay" ishlash tamoyili asosida yoshlar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini hal etish, ta’lim, bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda har bir yoshning muammosini manzilli hal etishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda bu boradagi ishlar samaradorligi ustidan deputatlik nazorati doimiy ravishda olib boriladi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 5