Olvalizor mahallasining ichki ko‘chalarida asfaltlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Abdulmajidov tomonidan hududda olib borilayotgan yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida asfalt qoplamasining sifati, ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari muntazam nazorat qilib borilmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦