Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Namangan shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasining moddiy-texnik bazasi o‘rganildi

Namangan shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasining moddiy-texnik bazasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev hamda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Abdullayev boshchiligida Namangan shahridagi “Obi hayot” mahallasi hududida joylashgan

1-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, kitob fondining holati va uni muntazam yangilab borish ishlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan kitobxonlik sharoitlari, axborot-resurslaridan foydalanish imkoniyatlari hamda kutubxona faoliyatining samaradorligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati, pedagoglar va kutubxona xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy va ilmiy adabiyotlarga qiziqishni oshirish, kutubxona fondini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida kutubxonaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, kitob fondini boyitish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay kitobxonlik muhitini yaratish hamda kutubxona faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5