Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Dashtbog‘” mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi

“Dashtbog‘” mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov, shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Sotvoldiyev hamda shahar prokurori o‘rinbosari Abdurahmon Siddiqov “Dashtbog‘” mahallasida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan taqdimot bilan tanishdilar.

Taqdimot davomida mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla profilaktika inspektori tomonidan xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, mas’uliyatni yanada kuchaytirish hamda mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha aniq vazifalar va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlanganidek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash, har bir xonadon bilan manzilli ishlash orqali mahallada tinch va osoyishta muhitni ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Slide 1 of 3