Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
HAFTALIK ISHLAR SARHISOB QILINIB, KELGUSI VAZIFALAR BELGILANDI

HAFTALIK ISHLAR SARHISOB QILINIB, KELGUSI VAZIFALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar, deputatlar faoliyati hamda kotibiyat xodimlari tomonidan bajarilgan vazifalar yuzasidan yakuniy sarhisob o‘tkazildi.

Unda Kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, deputatlarning saylov okruglarida olib borayotgan ishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, joylarda aniqlangan muammolarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, kotibiyat xodimlarining hafta davomida bajargan vazifalari, hujjatlar ijrosi, deputatlik so‘rovlari, murojaatlar bilan ishlash hamda Kengash faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

📊 Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari sarhisob qilinib, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va kelgusida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirish, deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va amaliy yechim topish, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish hamda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

🔹 Asosiy maqsad — aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish va Kengash oldida turgan vazifalarni izchil amalga oshirish.

Slide 1 of 4