Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
OVOP TASHABBUSI DOIRASIDA TAJRIBA ALMASHILMOQDA

OVOP TASHABBUSI DOIRASIDA TAJRIBA ALMASHILMOQDA

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi xodimlari hamda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A. Abdullayev BMT Taraqqiyot Dasturining “Bir qishloq — bir mahsulot” (OVOP) tashabbusi doirasida tajriba almashish va amaliy bilimlarni o‘rganish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida loyiha ishtirokchilari Issiqko‘l viloyatining Qoraqo‘l rayonida joylashgan JICA tomonidan moliyalashtirilgan Qoraqo‘l ofisi hamda ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, ishtirokchilarga OVOP tashabbusining asoslari va Qirg‘iziston modeli bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Safar davomida Issiqko‘l asalchilik uyushmasining faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda mahalliy mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha tajribasi ham o‘rganildi.

Mazkur tajriba almashish tashrifi hududlarda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy mahsulotlarning bozor imkoniyatlarini kengaytirish borasida amaliy tajriba olishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 10