Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, ekspert guruhi a’zolari, Kengash Kotibiyati xodimlari hamda masala yuzasidan hisobot beruvchi mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarori ijrosi yuzasidan tuman Uy-joy xo‘jaligi va qurilish bo‘limi boshlig‘i Z. Xidirovning hisobotini eshitish masalasi o‘rin oldi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 13-martdagi VII-19-11-11-152-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur va loyihalarning ayrimlariga o‘zgartirish kiritish masalasi muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan o‘z saylov okruglarida mazkur loyihalar ijrosini o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikrlar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar va ekspert guruhi a’zolari tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinib, muhokama qilingan masalalarni navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 7