Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibyati bosh mutaxasisi L.Toshquvvatov tomonidan xotin-qizlar tomonidan tayyorlanayotgan qo‘l mehnati mahsulotlari bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida mahalladagi xotin-qizlarning hunarmandchilik, tikish-bichish, kashtachilik va boshqa qo‘l mehnati orqali tayyorlayotgan mahsulotlari ko‘zdan kechirilib, ularning mehnati va tashabbuskorligi yuqori baholandi.
Mazkur faoliyat nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki milliy an’analarni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishda ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Suhbat jarayonida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik va hunarmandchilik sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish, mahsulotlarni bozorga chiqarish hamda realizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qo‘l mehnati bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, xotin-qizlarning mehnatsevarligi va ijodkorligini rag‘batlantirish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda oila farovonligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
Bu borada deputatlik korpusi tomonidan amaliy ko‘mak va doimiy e’tibor ta’minlanishi qayd etildi.

Slide 1 of 4