Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
“MADANIYAT” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI




⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Bekzod Ortiqboyev tomonidan “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli Norbo‘taeva Sohibaning faoliyati o‘rganildi.

✍️O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularning muammolarini aniqlash va mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, shuningdek, ularga ijtimoiy, tibbiy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

❇️Ma’lumotlarga ko‘ra, “Ayollar daftari”ga mahalladan jami 105 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, ular bilan individual ishlash va ehtiyojlaridan kelib chiqib amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilangan.
Jumladan:
🔸55 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qiz;
🔸4 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki mavjud faoliyatini kengaytirish istagidagi xotin-qiz;
🔸1 nafar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qiz;
🔸24 nafar tibbiy va psixologik yordamga ehtiyojmand xotin-qiz;
🔸22 nafar huquqiy yordamga muhtoj xotin-qiz ro‘yxatga olingan.

✅O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3