Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Mehnat faxriysiga yuksak ehtirom va e’tibor

Mehnat faxriysiga yuksak ehtirom va e’tibor

Namangan shahar “Ozod” mahallasida istiqomat qilayotgan mehnat fronti faxriysi Inomova Jamilaxon 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan munosib e’zozlandi.

Shu munosabat bilan Namangan shahar hokimi, Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamolov, Namangan shahar Kengashi deputati hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan shahar bo‘limi boshlig‘i Anvar Nasriddinov va faollar faxriyning xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldilar.

Muloqot davomida faxriyning ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, uning salomatligi, yashash sharoiti va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishilib, samimiy suhbat o‘tkazildi.

Bayram munosabati bilan faxriyga ezgu tilaklar yo‘llanib, sovg‘a-salomlar topshirildi.

Mazkur e’tibor va g‘amxo‘rlik yurtimizda keksalarga bo‘lgan yuksak hurmat, ularning boy hayotiy tajribasi hamda ko‘p yillik mehnatini qadrlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 5