Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
Yuqoriovul MF hududida jinoyatchilikning oldini olish holati o‘rganildi

Yuqoriovul MF hududida jinoyatchilikning oldini olish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati G.Baynazarova nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan Yuqoriovul mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan profilaktika inspektori tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Hududlarda jinoyatchilik darajasini pasaytirish, xususan, “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatlarning oldini olish hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida profilaktik hisobda turuvchi shaxslar, muammoli oilalar, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan olib borilayotgan individual profilaktik ishlar, shuningdek, mahalla faollari bilan hamkorlikning amaliy natijalari ko‘rib chiqildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3