Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan Altintau OFY hududidagi ichki ko‘cha yo‘llarining bugungi holati hamda ko‘chalarni tunda yoritish tizimi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

🛣 O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalarning yo‘l qoplamasi, yo‘llarning foydalanish uchun qulayligi, mavjud muammolar va obodonlashtirishga ehtiyoj mavjud bo‘lgan hududlarga e’tibor qaratildi.

💡Shuningdek, ko‘chalarning tungi yoritilishi, mavjud yoritish moslamalarining holati va aholiga xavfsiz hamda qulay sharoit yaratish masalalari ko‘zdan kechirildi.

👥 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni yaxshilash va tungi yoritish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

🤝 Fuqarolarning murojaatlari, ularning yashash sharoitini yaxshilash hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish masalalari doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 3