Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Ehtiyojmand oilaning muammolari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan tumanning “Pskom” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Radjametovning yashash sharoiti O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim B.Raxmonberdiyev ishtirokida o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida fuqaro oilasi va uch nafar farzandi bilan ijara xonadonda yashayotgani aniqlandi. Oilaning mavjud ijtimoiy-maishiy sharoiti, daromad manbalari va kundalik ehtiyojlari bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Suhbat jarayonida oilada doimiy va barqaror daromad manbasini shakllantirish muhim masalalardan biri ekani ma’lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan fuqaroning bandligini ta’minlash, uning mavjud kasbiy ko‘nikmalari va imkoniyatlaridan kelib chiqib munosib ish o‘rni bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔻Deputat tomonidan oilaning ijtimoiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarini bartaraf etish va daromad manbasini shakllantirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1