Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Deputatlik so‘roviga asosan muammo o‘z yechimini topmoqda

Deputatlik so‘roviga asosan muammo o‘z yechimini topmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatining 2026-yil 10-sentyabrdagi №101-ds-409-26-sonli deputatlik so‘rovi asosida Termiz mahallasidagi aholi yashash hududlarining sanitariya-obodonlashtirish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ayrim hududlarda maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi va ularni o‘z vaqtida olib chiqish masalasida muammolar mavjudligi aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish choralari ko‘rildi. BIO TEXNO EKO MChJ Termiz tuman bo‘limi bilan kelishilgan holda, hududlarda to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni maxsus texnikalar yordamida o‘z vaqtida olib chiqib ketish ta’minlanishi belgilandi.

Shuningdek, hududning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash va chiqindilarni muntazam olib chiqib ketish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Fuqarolarning murojaatlari joyida o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilanishi davom ettiriladi.