Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
251-sonli DMTTda ta’mirlash ishlari jarayonida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi o‘rganildi

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet #ekspert_guruhlari

251-sonli DMTTda ta’mirlash ishlari jarayonida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi o‘rganildi

📆 251-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari jarayonida avval aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi hamda berilgan topshiriqlarning ijrosi o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida mas’ullar tomonidan avvalgi tashrif chog‘ida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgani, shuningdek, ta’mirlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgani aniqlandi.

💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi.

📈 Ta’mirlash ishlarining belgilangan loyiha va texnik talablar asosida, sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

📈 Aniqlangan holatlar yuzasidan ishlarning keyingi bosqichlarini tizimli ravishda tashkil etish, mavjud kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda bajarilayotgan ishlar sifatini doimiy nazorat qilib borish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5