Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
🌳 200 KV.M JOY BORMI? U YERDA 400 TAGACHA DARAXT VA BUTA PAYDO BO‘LISHI MUMKIN

Yangi farmon bilan shahar va mahallalarni ko‘kalamzorlashtirishda odatdagidan farqli ikkita mexanizm ishga tushirilmoqda.
🌱 1. MAHALLALARDA «MIKROO‘RMON»
2026-yil kuzidan yer maydoni cheklangan mahallalar, ko‘p kvartirali uylar oralig‘i, maktab va bog‘chalar hovlilarida mahalla mikroo‘rmonlari tashkil etiladi.
Qizig‘i — ular katta maydon talab qilmaydi.
Ko‘chatlar oddiy qatorlab emas, zich va qatlamlab ekiladi.
🪴 YER BO‘LMASA-CHI?
Beton va asfalt qoplangan hududlar ham chetda qolmaydi.
Bunday joylarda jamoatchilik kichik bog‘lari tashkil etiladi.
Hokimlik va homiylar — katta hajmli ko‘chat tuvaklarini o‘rnatadi.
O‘rmon agentligi — sifatli ko‘chat yetkazib beradi.
Mahalla esa — xohish bildirgan fuqarolarni ekish va parvarishlash ishlariga jalb qiladi.
🟢 YANA BIR YANGILIK — «YASHIL LOT»
📅 2027-yil 1-yanvardan
Mavjud yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga yashil bog‘ barpo etish uchun shartnoma asosida nom berish orqali ajratish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Ammo muhim shart bor:
🚫 yer mulk qilib berilmaydi;
🚫 unda qurilish qilib bo‘lmaydi;
🚫 konstruksiyalar o‘rnatilmaydi;
🚫 boshqa maqsadda foydalanilmaydi;
✅ aholining ushbu hududdan umumiy foydalanishi cheklanmaydi.
🏛 KENGASHLAR UCHUN QIZIQ SAVOL
Bu mexanizm ishga tushganda har bir hududda:
Qaysi mahallalarda mikroo‘rmon uchun joy bor?
Qaysi betonlashgan hududlarda kichik bog‘ tashkil qilish mumkin?
«Yashil lot» uchun qaysi yer uchastkalari taklif qilinadi?
Mana shu savollar deputatlik nazorati uchun tayyor mavzu.
Balki ertaga siz yashaydigan mahalladagi bo‘sh 200 kvadrat metr joy ham kichik o‘rmonga aylanar?!