Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Uvaysiy mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan 1-Uvaysiy saylov okrugidagi “Uvaysiy” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirish bo‘yicha mahallabay va xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbalarini shakllantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi, nuroniylar va otinoyilardan iborat ishchi guruh bilan hamkorlikda xonadonlardagi mavjud holat va muammolar manzilli o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va barqaror daromad manbai bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarning imkoniyatlari o‘rganilib, ularni imtiyozli kreditlar va boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanishga yo‘naltirish, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi. Mazkur vazifalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6