Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

#deputat_sorovi

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati K.Umirov tomonidan “Navro‘z” mahallasi aholisi, ota-onalar hamda ta’lim muassasalari jamoasining murojaatlari asosida deputat so‘rovi yuborildi.

Murojaatlarda mahalladagi 22- va 47-maktablar yonidan o‘tgan avtomobil yo‘lida, ayniqsa, o‘quvchilarning maktabga kelib-ketish vaqtida xavfsizligini ta’minlash masalasi ko‘tarilgan.

Shu munosabat bilan Qiziriq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Nazirov hamda Tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi DM boshlig‘i S.Qobilovga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda maktablar oldidagi yo‘l harakati xavfsizligi holatini o‘rganish, piyodalar o‘tish yo‘lakchasi va tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish, zaruratga ko‘ra sun’iy yo‘l ko‘tarma qurish hamda yo‘l chiziqlarini belgilash masalalarini ko‘rib chiqish so‘raldi.

Mazkur choralar orqali o‘quvchilar va piyodalar uchun xavfsiz sharoit yaratish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish ko‘zda tutilgan.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2