Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
HAVOTOG‘DA AHOLI XATLOVI NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Havotog‘ QFYda aholini xatlovdan o‘tkazish jarayoni bo‘yicha mas’ullarning hisoboti olindi.

Xatlov jarayonida hududdagi xonadonlar va aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandlik darajasi, daromad manbalari, mavjud muammolar hamda ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand oilalar haqida ma’lumotlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hisobot davomida xatlovning borishi, ma’lumotlarning to‘liqligi va aniqligi, aniqlangan muammolarni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash hamda ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xatlov natijalaridan kelib chiqib, ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, oilalar daromadini oshirish va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha keyingi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2