Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
HAVOTOG‘DA YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mahalladagi yoshlar yetakchisining muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Havotog‘ QFYda yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Jarayon davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning mazmuni va samaradorligi, yoshlarni turli loyihalarga jalb etish, ularning qiziqish va imkoniyatlarini aniqlash hamda muammolarini manzilli hal etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, ish izlayotgan yoshlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka qiziqayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida yoshlar yetakchisi bilan mahalladagi yoshlarning muammolari, bandlik holati va mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashilib, yoshlar bilan ishlashda natijadorlik va manzillilikni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2