Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
“Sadoqat” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 8-“Qo‘shchinor” saylov okrugidan saylangan deputati M.Axmedova Qo‘qon shahrida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tuzilgan shtab tomonidan “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilganligi munosabati bilan mahallada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘ini, Bandi Eshon ko‘chasi, 50-uyda yashovchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro M.Mamatqulova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy holati, mavjud ehtiyoj va muammolari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, Ko‘rpabof ko‘chasi, 42-uyda yashovchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi, nogironligi bo‘lgan farzandi bor G.Usmonova xonadoniga ham tashrif buyurildi. Tashrif davomida oilaning ijtimoiy-maishiy sharoiti, farzandining holati hamda oilaga zarur bo‘lgan ko‘mak va qo‘llab-quvvatlash choralari o‘rganildi.

Oila a’zolari bilan suhbatlar davomida mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash hamda doimiy daromad manbalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va kelgusida ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2