Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi

Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan Kengashning 1-“Xalqobod” saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyevaning saylangan Orol MFY hududida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 21-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi mavjud holat, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda muammoli hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlar kesimida vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan individual profilaktik ishlarni kuchaytirish, yoshlar va boshqa xavf guruhiga mansub shaxslar bilan manzilli ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada osoyishtalikni ta’minlashga mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik, profilaktik ishlarning natijadorligi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, jinoyatchilikka olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallada xavfsiz muhitni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

Aniqlangan holatlarning bartaraf etilishi va belgilangan vazifalar ijrosi Kengashning deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 4