Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #5_band #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Bog‘ishamol” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Sh.Boyqulov, Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash deputati Sh.Allamurodova hamda kotibiyat xodimlari tomonidan “Bog‘ishamol” mahallasida ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro J.Yazova xonadoniga tashrif amalga oshirildi.

Mazkur jarayon Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlarining 5-bandi — mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash masalalari doirasida nazorat-tahlil qilindi.

Tashrif davomida fuqaroning ijtimoiy holati, unga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar hamda mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

Aniqlanishicha, fuqaro J.Yazova “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, uning xonadonini ta’mirlash uchun 20 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilib, qurilish materiallari bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan.

Shuningdek, xonadonda amalga oshirilgan ishlar, ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi hamda ijtimoiy xizmatlarning amaldagi holati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri orqali ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3