Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #9_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Bepul dori-darmon ta’minoti va tibbiy xizmat sifati nazoratda

Aholiga sifatli birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarni davlat tomonidan kafolatlangan bepul dori vositalari bilan ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G. Abramatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Temirov tomonidan okrug hududidagi 2-sonli oilaviy poliklinikada nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari, xususan, 9-band — “Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati” asosida tashkil etildi.

Nazorat davomida dispanser nazoratidagi bemorlar, keksalar, homilador ayollar va bolalar uchun ajratilgan bepul dori vositalarining mavjudligi, saqlanishi hamda elektron retsept asosida fuqarolarga manzilli yetkazilishi, shuningdek, shifokorlar qabuli va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi.

Deputat G. Abramatova ta’kidlaganidek, har bir fuqaroning o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam olishi va belgilangan bepul dori vositalari bilan ta’minlanishi muhim. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, dori vositalari zaxirasini muntazam yangilab borish hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan poliklinika mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6