Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda talabalarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik faoliyati va monitoring ishlari davomida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni yotoqxona bilan ta’minlash hamda ularga munosib yashash sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari N.Nasimov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonunlariga asosan talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash yuzasidan Qo‘qon shahri miqyosida qanday amaliy chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2