35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kambag‘allik reestridagi oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ularning mavjud muammolarini aniqlash va bartaraf etish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda daromad manbalarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” tomonidan har bir oila bilan individual ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda kambag‘allikni qisqartirish, aholi farovonligini oshirish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi muammolarini manzilli hal etishga qaratilgan.

Slide 1 of 2