35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#Viloyat_deputati
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Navro‘z" mahallasida 500 m³ sig‘imli suv to‘plash inshooti qurilishi ko‘zdan kechirildi.

✅Bandixon tumanida aholi punktlarini kafolatlangan toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, suv tarmoqlarini yangilash va zamonaviy gidroinshootlarni barpo etish borasida dasturiy vazifalar izchil bajarilmoqda.

✅Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Pardayev hamda tuman Kengashi deputati I.Xalmatov "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari jarayonini o‘rgandilar.

✅Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan mazkur hududda 500 kub metr sig‘imga ega bo‘lgan ichimlik suvi to‘plash inshooti qurilmoqda, shuningdek, yangi quvurlar orqali magistral va ichki tarmoqlar montaj qilinmoqda.

✅Deputatlar tomonidan ob’ektda texnik talablarga amal qilinishi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi tahlil qilinib, mas’ullarga ishlarni sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅Loyihaning to‘liq amalga oshirilishi "Navro‘z" MFY aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Slide 1 of 3