35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Birlashgan mahallasidagi yo‘l holati bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Yorqinoy Vapayeva Birlashgan mahallasi fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlari asosida tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

📍 Xususan, Birlashgan mahallasidagi Birlashgan-1 tor ko‘chasi yo‘l qoplamasining ta’mirtalab holatga kelgani, ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlarida aholi harakatiga qiyinchilik tug‘dirayotgani qayd etildi.

❗️Shu munosabat bilan ko‘chani ta’mirlash, obodonlashtirish va tegishli dasturga kiritish masalasini ko‘rib chiqish so‘raldi.

Slide 1 of 1