Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ibrohim Rasulov tomonidan «O‘rta Masjid» mahallasida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi murojaatlari, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash holati hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.