35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi, 32-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi, 32-sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
🔰Ekspert guruhi yig‘ilishida qaror loyihalari muhokama qilindi
янв.21
🔰Ta’lim to‘g‘risidagi qonun ijrosi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Bandlikni ta’minlash – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ayollar ijtimoiy yotoqxonasidagi sharoitlar – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari joyida o‘rganildi
янв.21
🔰Eskirgan simyog‘ochlar – deputat e’tiborida
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E.Mirzayev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, “Xalqparvar” komissiyasi raisi J. Eshniyazova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ta’lim, kasb-hunar va turli foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar bildirildi.

Yakunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, yoshlar bilan ishlashda hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishildi.

Slide 1 of 4